Karantin agentligida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
“Burch, jasorat, matonat” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Agentlik markaziy apparati xodimlari, shuningdek, Agentlik faxriylar kengashi raisi — iste’fodagi polkovnik
Azamat Tashbayev hamda baynalmilal jangchi-faxriy
Zokir Abdullayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtdoshlarimizning
Ikkinchi jahon urushidagi jasorati va
fidoyiligi alohida e’tirof etilib, yosh avlod vakillariga
tinchlikning ahamiyati va qiymati tushuntirildi,
qahramonlik saboqlari orqali ularning qalbida
Vatanga muhabbat, xalqiga sadoqat va kasbiga mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy muloqot va
vatanparvarlik ruhida o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram