avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
07.05.2026 15:40
Faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

Mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylari, nuroniylar holidan xabar olish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangan.

Mazkur sana munosabati bilan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari tomonidan Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida uzoq yillar xizmat qilib, zahmatli mehnati bilan laboratoriya faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga hissa qo‘shgan, hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan faxriylar – Viktor Podarov va Lyudmila Salnikovalar xonadonlarida bo'lib, holidan xabar olindi hamda ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Samimiy muloqot davomida faxriylar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, ehtirom va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirib, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, xalqimiz farovonligi hamda Agentlik faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
12 802
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram