avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
06.05.2026 17:27
O‘zbekiston–Latviya hamkorligi: Yevropa Ittifoqi bozoriga xavfsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish yo‘lida muhim qadamlar

O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish jarayonida Latviya Respublikasi mutaxassislarining ishtiroki va ekspert yordami muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hamkorlik doirasida mahsulotlarni Yevropa bozori talab va standartlariga mos ravishda yetkazib berish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida sezilarli natijalarga erishilmoqda.

Uzoq yillik hamkorlikning amaliy davomi sifatida joriy yilda ham Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida “O‘zbekistonda xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Latviya Respublikasi O‘simliklarni himoya qilish xizmati o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tashabbusning davomi sifatida Farg‘ona viloyatida Latviya Respublikasidan tashrif buyurgan ekspertlar Gunita Shkupele, Agita Pense hamda Liga Grishane ishtirokida “O‘simliklar karantini, tekshirish dasturi va Yevropa Ittifoqi meva eksporti talablari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti boshlandi.

Seminarda Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi davlat inspektorlari hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali mutaxassislari ishtirok etib, ikki tomonlama tajriba almashinuvi amalga oshirilmoqda.

Rejaga muvofiq, Latviya ekspertlarining Farg‘ona viloyatidagi uzumzor va gilos bog‘lariga tashrif buyurishi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular joylarda karantin inspektorlari tomonidan olib borilayotgan nazorat va fitosanitariya himoya tadbirlari bilan tanishadi.

emoji Hamkorlik nafaqat mutaxassislar malakasini oshirish, balki eksport infratuzilmasini takomillashtirish, logistika va nazorat tizimlarini zamonaviylashtirishga ham xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermerlar uchun yangi eksport yo‘nalishlari hamda investitsion imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport jarayonlarining soddalashtirilishi, sertifikatlashtirish tizimining takomillashtirilishi, karantin nazorati va monitoring jarayonlarining modernizatsiya qilinishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining barqaror o‘sishiga xizmat qilmoqda.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
8 744
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram