📄
Har oyning birinchi chorshanbasida Agentlikda qog‘ozsiz kun o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimida
“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
Shu kuni
Agentlikning barcha xodimlari hujjat aylanishini elektron tarzda amalga oshirib, ekoaksiyada faol ishtirok etadilar.
Tizim tashkilotlari o‘rtasida hujjat almashinuvi elektron platformalarda bo‘lib, xalqaro miqyosda tan olinadigan
fitosanitar sertifikatlarning almashinuvi ham elektron shaklda amalga oshiriladi. Bugungi kunda bunday amaliyot
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek,
Xitoy, Pokiston, Eron, Fors ko‘rfazi davlatlari bilan ham elektron almpshinuv joriy etilgan.
Qayd etish joiz,
ekologik tashabbus o‘rmonlarni saqlash,
ko‘plab hayvonlar va
o‘simliklar turlari uchun o‘rmon ekosistemalarini saqlashga yordam beradi. Shuningdek, karbon izini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Sababi daraxtlarni kesish va qog‘oz ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga katta miqdorda uglerod chiqariladi.
Yana bir muhim jihat — suv iste’molini kamaytirish imkonini beradi.
Qog‘ozni iqtisod qilish suv resurslariga bosimni kamaytirib, har qanday
resursni tejashga yordam beradi, chiqindi miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram