avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
06.05.2026 11:16
Yashil hududlarni asrash va fitosanitar nazorat kuchaytirilmoqda

Yashil olamni samarali himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli va yuqori hosil olish hamda manzarali daraxtlar va yashil hududlarning sog‘lom holatini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ushbu jarayonda o‘simliklar karantini va himoyasi tizimining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Chirchiq shahar inspektorlari tomonidan hududda doimiy fitosanitar monitoring ishlari olib borilmoqda.

Monitoring davomida igna bargli va manzarali daraxtlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlarining holati o‘rganilib, zararkunandalar, kasalliklar hamda begona o‘tlarning tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, tashkilotlar va yer egalariga joylarda amaliy tavsiyalar berilib, fitosanitar talablarga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar yashil hududlarni asrash, ekologik muhit barqarorligini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish orqali eksportbop, sifatli va fitosanitar toza meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga, shuningdek ichki bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ta’minotini oshirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan barcha mas’ullar berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga befarq bo‘lmasdan, ularni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi!

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
7 885
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram