Dala chetlaridan samarali foydalanishda yangi imkoniyatlar
Farg‘ona viloyatining Toshloq, Qo‘shtepa va
Yozyovon tumanlarida qishloq xo‘jaligi sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan navbatdagi
seminarlar bo‘lib o‘tdi. Unda
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirdilar.
Ma’lumki, joriy yil
13-aprel kuni qabul qilingan
“Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-1128-son Qonuni sohada yangi bosqichni boshlab berdi. Seminarlar davomida mutaxassislar tomonidan qonunning asosiy yo‘nalishlari atroflicha yoritildi.
Xususan, endilikda fermerlar
dala chetlaridan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishlari mumkinligi ta’kidlandi. Shuningdek, qonun doirasida
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Yangi tartiblarga ko‘ra, yerdan maqsadli va samarali
foydalanmaslik holatlariga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirilgan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim
soliq imtiyozlari va
yengilliklar ham joriy etilmoqda. Bu esa fermerlarni yanada faol ishlashga, har bir sotix yerdan unumli foydalanishga undaydi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar,
taklif va
mulohazalarini bildirdilar.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram