avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
01.05.2026 18:09
O‘RQ-1128: qonunning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi

Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanidagi ''Pardaboyev Oʻrozboy dalasi'' fermer xoʻjaligida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-apreldagi O‘RQ-1128-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash va jarayonlarni samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazildi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda O‘zbekiston fermerlari kengashi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida hududlarda o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarda asosiy e’tibor:
dala chetlaridan unumli foydalanish;
sug‘orish tarmoqlari va kollektor-drenaj atroflariga maqbul ekinlar ekish mavzulariga qaratildi.

Shuningdek, yer egalariga joriy yilning 1-mayiga qadar dala chetlariga ekin ekilmasa, yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda hisoblanishi eslatib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, normativ-huquqiy hujjat asosida dala maydoni chetlarida, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli tarzda ta’minlash nazarda tutilgan.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
7 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram