O‘RQ-1128: hududlarda dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilmoqda
Hududlarda
dala maydoni chetlarida, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli tarzda ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada
“Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladigan aholi ishtirokida yer resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Bunday amaliy uchrashuvlar
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l, Paxtakor, Zarbdor tumanlarida o‘tkazildi. Dala seminarlari formatida tashkil etilgan muloqotda
dala chetlaridan unumli foydalanish, mazkur yo‘nalishdagi
normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Davlatimiz rahbarining
PQ–465-son qaroriga muvofiq, fermer xo‘jaliklari dala cheti maydonidan samarali foydalanilganda
ichki fitosanitar sertifikatning bir yil davomida bepul berilishi hamda
in-vitro usulida yetishtirilgan payvand ko‘chatlar uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.
“Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi
yer solig‘i stavkasi 3 barobar miqdorda hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Seminar yakunida
sohani yanada rivojlantirish,
mahsulot hajmi va
sifatini oshirish hamda
ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram