1-maydan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash tizimi to‘liq joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 737-son hamda 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qarorlariga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etilishini eslatib o‘tamiz.
Endilikda import qilinadigan mahsulotlar:
identifikatsiya vositalari bilan raqamli markirovkalangan boʻlishi;
“Asl belgisi” milliy axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi;
har bir qadoqqa maxsus raqamli markirovka kodi joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Muhim!
Mahsulotlarni koʻrikdan oʻtkazishda raqamli markirovka mavjud emasligi yoki toʻliq qoʻyilmaganligi aniqlansa, import qiluvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun
30 kun muddat beriladi.
Belgilangan muddat ichida mahsulotlar raqamli markirovkalanmasa, ularni olib kirish rad etiladi.
Shu munosabat bilan,
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi 2026-yil 1-maydan boshlab faqat identifikatsiya vositalari bilan majburiy
raqamli markirovkalangan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar uchun import ruxsatnoma hujjatlari rasmiylashtirilishini ma’lum qiladi.
Murojaat, savol va takliflar uchun:
+998712038872
Savollaringizni
@aslbelgisiuz_bot (Telegram bot) chatga ham yuborishingiz mumkin, sizga zarur ko‘rsatmalar va tushuntirishlar taqdim etiladi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram