avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
29.04.2026 17:19
Jizzax viloyati eksportchilari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari va eksportchilar ishtirokida sayyor qabul va ochiq muloqotlar tashkil etilishi davom ettirilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Jizzax viloyatida eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ishtirokida tashkil etildi.

Muloqotda Karantin agentligi direktorining xalqaro aloqalar va eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Yunusov tadbirkorlarga mahsulotlarni eksport qilish tartiblari, xalqaro fitosanitar talablar, yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari hamda eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning o‘tgan davrida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan turli davlatlarning fitosanitar xizmatlari bilan olib borilgan muzokaralari natijasida 4 davlatga 9 turdagi mahsulot uchun fitosanitar ruxsatlar olinishiga erishildi. Bugungi kunda 25 ta davlatga olingan fitosanitar sertifikatlar soni 656 taga yetkazildi. 55 ta davlatga barcha turdagi mahsulotni fitosanitar sertifikat asosida yuklash imkoniyati mavjud. Har bir mamlakatning talabi va eksport qilishga oid tartib bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Agentlikning “Agroko‘makchi” mobil ilovasidagi “Davlatlar” va “Mahsulotlar” bo‘limlarida joylashtirib, yangilanib kelinmoqda.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarning masalalarini hal etishga ham e’tibor qaratildi. Ishbilarmonlar tizimda yuzaga kelayotgan surunkali muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr bildirishdi.

Bunday uchrashuvlar mavjud muammolarni joyida hal qilish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli vaziyatlarni hal qilish va bartaraf etishga qaratilgan.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
8 756
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram