Prezidentimiz
“Quva Agrostar” agromajmuasi tajribasini qayd etdi. Bu yerda
kooperatsiya asosida tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga kichik sexlar qurib berish reja qilingan.
Bunda agromajmua
dehqonlarni o‘qitib, ularga in-vitro laboratoriyada yetishtirgan ko‘chatlarni tarqatadi, tayyor mahsulot eksportiga ko‘maklashadi, dehqonlar esa
meva-sabzavot yetishtirib, qayta ishlab, bozorga tayyor qilib beradi.
Mana shunday yondashuvlarni
barcha tumandagi tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida joriy qilish, hududdagi
jami 5,5 ming gektar eskirgan bog‘larni to‘liq yangilash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bunday loyihalar uchun
uskuna va laboratoriyalarni sotib olishga arzon kredit liniyasi ochiladi.
Prezidentimiz
Farg‘ona, Yozyovon, Quva va O‘zbekiston tumanida 7 ming 400 gektar paxta-g‘alla maydonini qisqartirish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Bu yil
Farg‘ona, O‘zbekiston tumanlarida 4 ming 400 gektarda
o‘rik, olxo‘ri, bodom va malina plantatsiyasini yaratish,
Quvada 1 ming 200 gektar dasht hududida
gilosning eksportbop navlarini ekish, Yozyovonda 1 ming 800 gektarda
iste’mol va urug‘lik uchun cho‘l sharoitiga mos yuqori hosilli sholi plantatsiyalarini barpo etish muhimligi qayd etildi.
Yozyovonda sholichilik maktabini ishga tushirib, sinov tarzida
100 gektar ko‘lning suv yuzasida kassetali usulda organik sholi yetishtirishni boshlash topshirildi.
Viloyatdagi
50 ming gektar kam hosilli paxta va g‘alla yerlari hamda samarasi kam bog‘lar o‘rnida super intensiv bog‘lar yaratish bo‘yicha katta dastur qilinadi.
Birinchi bosqichda
10 ming gektar sanoatlashgan super intensiv bog‘ barpo etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish,
dehqonlar uchun imtiyozli kredit yoki lizing asosida tayyor bog‘ qilib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram