Viloyatda
15 ming gektar sanoatlashgan bog‘ va tokzor yaratildi, yana
6 ming gektari yangilandi. Bugun ishning ko‘zini bilgan bog‘bonlar
gektaridan 500 million so‘mgacha daromad olyapti.
Meva-sabzavot eksporti 3 karra ko‘payib, 400 million dollarga yetdi. Bu respublikada
eng yaxshi ko‘rsatkich.
Farg‘ona, So‘x, Quva tumanlari, Marg‘ilon va Qo‘qon shahrida turizm jadal o‘smoqda. To‘qqiz yilda
3 ming o‘rinli mehmonxona va mehmon uylari ishga tushdi. O‘tgan yili xorijiy turistlar ilk bor
500 mingdan, mahalliy sayyohlar esa
3 milliondan oshdi. Turizm eksporti
185 million dollarga yetdi.
“Farg‘ona ahli bizdan yanada katta natija kutyapti”,
– dedi Prezidentimiz.
Joriy yil Farg‘ona viloyati rahbariyati oldida
iqtisodiyotni 9,1 foizga, sanoatni 9 foizga o‘stirish,
4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish,
eksportni 2 karra ko‘paytirib, 2 milliard dollarga yetkazish vazifalari turgani ko‘rsatib
o‘tildi.
Viloyatda
370 ming gektar sug‘oriladigan yer, shundan 55 ming gektar bog‘ va tokzor bor. Shuningdek, 37 ming gektar qir va adirlar mavjud.
Lekin hozirda
5,5 ming gektar bog‘ va tokzor eskirgan. Sabzavot, bog‘ va tokzor qilsa bo‘ladigan
6 ming gektar dasht va adir bo‘sh yotibdi. Bu
qo‘shimcha 300 ming tonna meva-sabzavot, iqtisodiyotga 2 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha zaxira ekani qayd etildi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram