Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida
Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari avvalo keyingi yillarda
viloyat iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Ilgari
viloyat daromadining 70 foizi neft-kimyo va qurilish materiallari sohasidagi 6-7 ta yirik korxona hisobidan shakllanardi.
O‘tgan davrda viloyatda
8 milliard 200 million dollar investitsiya evaziga
8 mingta zamonaviy quvvatlar ishga tushdi, tadbirkorlik uchun
100 trillion so‘m resurs berildi, tijorat maydoni
10 million kvadratga ko‘paydi,
13,5 ming kichik va o‘rta korxona tashkil etilib, ularning soni qariyb
2 karra o‘sdi.
Natijada
yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobarga, sanoat 1,5 barobarga, xizmatlar 3 barobarga oshdi. Asosiysi, so‘nggi to‘rt yilda
ishsizlik 9,2 foizdan 4,6 foizga, kambag‘allik darajasi 11,6 foizdan 5,2 foizga tushdi.
Mahalliy budjet bo‘yicha hokimlarga juda katta imkoniyat yaratilgani uchun bu yil birinchi chorakda
har bir tumanda kamida 5-10 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ qoldi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram