🍚 O'zbekistondan Yaponiyaga iste’mol uchun guruch eksportiga ruxsat olindi.
O‘zbekiston va
Yaponiya o‘rtasida fitosanitar talablar bo‘yicha
kelishuvga erishilishi natijasida endilikda mahalliy ishlab chiqaruvchilar
iste’mol uchun guruchni kunchiqar davlatga eksport qilishlari mumkin bo'ladi.
Yaponiyada guruch asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadigan
yirik bozorlardan biri bo‘lib, mamlakat har yili belgilangan
kvota (kishi boshiga yiliga 100 kg dan) doirasida guruch importini amalga oshiradi.
Eksport uchun mo'ljallangan mahsulotni qadoqlash talablari quyidagilardan iborat:
oziq-ovqatga mos (food-grade) qadoqlash;
aniq va to‘liq markirovka (kelib chiqishi, og‘irligi, sana va boshqalar);
mahsulot sifati va tozaligi muhim hisoblanadi.
Yaponiyaga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti uchun belgilangan
fitosanitar talablar bilan
Karantin agentligining rasmiy sahifasida quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
https://agrokomakchi.uz/export-countries/details/458?title=Yaponiya
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram