O'zbekiston va Turkmaniston chigirtkaga qarshi kurash xizmatlari chegaradosh hududlarda o'rganishlar olib borishdi
Oʻzbekiston va Turkmanistonning zararli chigirtkaga qarshi kurash xizmatlari navbatdagi o'rganishlarni olib borishdi.
5 kun davom etgan o'rganish davomida chegara hududlarida keng qamrovli monitoring olib borildi.

Ushbu tadbir
FAOning “Kavkaz va Markaziy Osiyoda chigirtkaga qarshi kurashni takomillashtirish” dasturi doirasida amalga oshirilib,
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hamda Turkmanistonning Lebap viloyatidagi qator tumanlarni qamrab oldi.
Tekshiruvlar davomida minglab gektar maydon oʻrganildi.
Ayrim hududlarda chigirtkalarning juda yuqori zichlikda — bir kvadrat metrda yuzlab hasharotlar miqdorida tarqalgani aniqlandi. Bu esa o'z vaqtida kurash tadbirlari olib borilmasa
qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylovlar uchun jiddiy xavf tug'dirishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassislar saksovul butalarida uchraydigan boshqa zararkunanda turlarini ham kuzatishdi. Jami hisobda
oʻn minglab gektar maydon tekshirilib, zararlanish holatlari qayd etildi.
Muloqotda tomonlar
chigirtkalar tarqalishini oldini olish maqsadida doimiy axborot almashish, tezkor choralar koʻrish va z
arurat tugʻilganda birgalikdakurash tadbirlarini hamkorlikda olib borishga kelishib oldilar.

Mazkur qoʻshma monitoring va kelishuvlar
mavjud xavfni bartaraf etish, kelgusidagi ehtimoliy chigirtka bosqinini oldini olishda muhim.
#chigirtka
#chigirtka_nazoratda
#chigirtkaga_qarshi_kurash
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram