avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
27.04.2026 18:33
Oltiariqda eksportchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Oltiariq tumanidagi Eksportga ko‘maklashish markazida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman vakili Abdumannop Buriyev hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Xamrayev qatnashdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor eksport jarayonlariga joriy etilgan “Xavflarni boshqarish tizimi” (XBT) mazmun-mohiyatiga qaratildi. Ta’kidlanishicha, mazkur tizim eksportchilar “yashil”, “sariq” va “qizil” yo‘laklarga ajratish orqali ishlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, eksportni tezkor va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Ta'kidlandiki, fitosanitar talablarga to‘liq amal qilgan, hujjatlari shaffof va ishonchli bo‘lgan korxonalar “yashil” yo‘lak orqali minimal tekshiruvlar bilan eksportni amalga oshiradi. Ayrim kamchiliklar aniqlangan holatlarda esa tadbirkorlar “sariq” yo‘lakka o‘tkazilib, mahsulotlar tanlov asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Jumladan, mahsulotlarni eksport qilishda karantin ko‘rigidan o‘tmaslik yoki ichki fitosanitariya sertifikatlarida mahsulot yetishtirilgan hudud noto‘g‘ri ko‘rsatilishi kabi holatlar “yashil” toifadan chiqarilishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xorijiy davlatlardan eksport qilingan mahsulotlar yuzasidan e’tirozlar kelib tushgan taqdirda ham tadbirkor “sariq” yo‘lakka kiritiladi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, belgilangan tartiblarga muntazam rioya etmaslik korxonani “qizil” yo‘lakka o‘tkazishga olib keladi. Bunday holatda eksport yuklari to‘liq laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, doimiy nazorat o‘rnatiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlar avvaldan shaxsiy kabinet orqali ogohlantirilishi va kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Tadbirkorlarga “Xavflarni boshqarish tizimi”ni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fitosanitar toza mahsulotlar eksportini kengaytirish, xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda xorijiy davlatlar tomonidan qo‘yilishi mumkin bo‘lgan cheklov va taqiqlar xavfini kamaytirishdan iboratligi aytib o'tildi.

Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
2 931
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram