“Study tour” Xitoy:
O‘zbekiston mahsulotlari uchun alohida stend tashkil etildi
2026-yil mart oyida Nannin shahrida o'tkazilgan
“Study tour” doirasida
Xitoy Xalq Respublikasining Savdoni rivojlantirish uyushmasida B2B uchrashuv tashkil etilgan edi.
Uchrashuv o‘zining amaliy natijalari bilan ahamiyatli bo‘ldi. Mazkur uchrashuv yakunlari asosida uyushma ko‘rgazmasida
O‘zbekiston mahsulotlari uchun alohida stend tashkil etildi.
Ushbu stenddan
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari hamda qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari joy egalladi.
"Agar mahsulotlarni saqlash, zamonaviy qadoqlash, yaroqlilik muddati va reklama masalalari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekistonning quritilgan mevalari Xitoy bozorida juda yaxshi sotilishi mumkin" — deb takildladi
Xitoy Xalq Respublikasining Savdoni rivojlantirish uyushmasi raisi.
Ma’lumot uchun, koʻrgazmadagi stendlarga
Guanxhi provinsiyasining 14 ta shahrida ishlab chiqariladigan mahsulotlar keltirilgan.
Mazkur natijalar
O‘zbekiston eksport salohiyatini kengaytirish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini
Xitoy bozoriga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram