Karantin agentligi “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan
“28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi.
Mazkur sana har yili dunyo bo‘ylab
mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, ishchi-xodimlar salomatligini asrash va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan muhim sana sifatida keng nishonlanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu tanlov ham
tashkilotlarda mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qildi.
Ko‘rik-tanlov doirasida
mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish muhitini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavflarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar baholandi. Ayniqsa, psixologik va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tiborga olindi.
E’tiborlisi,
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ham mazkur tanlovda faol ishtirok etib,
“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida tashkilotda olib borilayotgan tizimli va samarali ishlar natijadorligini namoyish etdi. Agentlik tomonidan
jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularning salomatligini saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuqori baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra,
Karantin agentligi “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu
natija tashkilotda mehnat muhofazasi tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgani, zamonaviy talablar asosida ish olib borilayotgani hamda xodimlar manfaatlari ustuvor ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram