avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
24.04.2026 18:25
84 tonna mahsulot yashirincha olib o‘tilishi holati fosh etildi

“Sirdaryo” O'KChMda karantin inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ko‘riklarning birida yirik miqdordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yashirincha olib kirishga urinish fosh qilindi.

Yuk avtotransport vositasiga ortilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga doir yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlari, xususan, fitosanitar sertifikat va karantin ruxsatnomasini ko‘zdan kechirish davomida tirkamadagi 84 tonna meva hujjatlarda qayd etilmagani aniqlandi.

Inspektorlar mahsulotni payqab qolmasliklari uchun tirkamaning oldi tomonidan hujjatlarda qayd etilgan mevalar, ichkari tomonida esa hujjatlarda ko‘rsatilmagan mevalar yuklangan.

Dastlabki karantin ko‘rigi davomida mazkur mevalarda sitrus mevalarga zarar yetkazuvchi qizil pomeranes qalqondori zararkundasi mavjudligi aniqlangan.

Mazkur organizm O‘zbekiston hududida tarqaladigan bo‘lsa kelgusida mahalliy sitrus mevalar uchun jiddiy xavfni yuzaga keltirishi, natijada mahalliy sitrus mevalar eksporti hajmi va geografiyasi qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Holat yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda. 84 tonna mahsulot esa vatincha saqlovga olindi.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
29 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram