Ayrim rahbarlar
tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi.
Masalan,
Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan
tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora.
Yoki
G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan
qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.
Tegishli viloyatlar hokimlariga
nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan bo‘lsa”, bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Birinchi chorakda O‘zbekistonga
3 millionga yaqin xorijiy sayyoh keldi,
turizm eksporti 1 milliard 103 million dollarni tashkil qildi.
Bunday yuqori natijalarga
“turistik relokatsiya” ham katta ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Chunki millionlab turistlar
tinch, xavfsiz va sinalgan yo‘nalishlarni qidirmoqda.
Shuncha tarixiy obidalarimiz bor bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q turistik maskanlar barpo etilayotgan paytda soha mutasaddilari, hokimlar
har bir sayyoh uchun kurashishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirdan har
bir tumanning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar to‘plamini tayyorlash topshirildi.
Umuman, bugungi sharoitda barcha rahbarlar
xatarlarni 2-3 xil ssenariy bo‘yicha oldindan baholab, asosiy rejalariga qo‘shimcha zaxira rejalarini ham tayyorlab qo‘yishi shartligi qayd etildi.
Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga
“aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib,
mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil
qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi.
Yil boshidan
dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida
qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham
tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.
Inflyatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib,
inflyatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda
inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram