O‘tgan hafta
Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali
O‘zbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etildi.
Prezidentimiz yana bir ko‘rsatkichga e’tibor qaratdi: joriy yil yurtimiz nufuzli
“Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab,
ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi.
Bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga
140 trillion so‘m berilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan
har 1 milliard so‘m kredit hisobiga
Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va
So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.
Biroq
Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida
1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda.
Agar hamma
tuman banklari kreditlarni eng samarali loyihalarga yo‘naltirganida, qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lardi, norasmiy ishlayotgan yana 60 ming odamning daromadi “soya”dan chiqardi.
Soha mas’ullariga
tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi.
Davlatimiz rahbari
energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi.
Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida
10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni
texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil
5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram