avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
24.04.2026 17:01
Yana 3 nafar inspektor kinologiya yo'nalishida o‘quv kursini boshladi

Milliy kinologiya markazida o'quv kursini boshlagan kinologlar “O‘simlik va o‘simlik urug‘larini aniqlash” yo‘nalishida tayyorgarlikni o‘tadilar.

Kurs davomida tinglovchilar xizmat itlarini olib kirilishi taqiqlangan yoki cheklangan o‘simlik va o'simlik urug‘larini aniqlashga tayyorlash, shuningdek, xizmat itlari bilan ishlashda zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Ma'lumot uchun, fitosanitariya yo'nalishiga kinologiya xizmati 2020-yilda joriy etilgan. Chili tajribasi asosida faoliyati yo'lga qo'yilgan kinologlar va "detektor - xizmat it"lari bugungi kunda 9 ta chegara maskanida karantin nazoratini olib boradi.

2025-yil davomida 32 nafar kinolog tomonidan "detektor - xizmat it"lari bilan 2 294 ta holatda 101 742 kg hamda 150 292 dona ekish materiallari, urug‘lik, ko‘chat, qalamcha va boshqa turdagi karantin ostidagi mahsulotlarni noqonuniy olib kirilishi to'xtatib qolindi.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
6 852
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram