avatar
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
@uzdavgeolcom
17.04.2026 18:21
Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida muammolarga duch keldingizmi?

emoji togʻ-kon sanoati, geologiya va sanoat xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari koʻrsatilishi jarayonida asossiz talablar, sunʼiy toʻsiqlar hamda boshqa noqonuniy holatlar kuzatilganda;

emoji togʻ-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalari bilan hamkorlikda ishlash jarayonida, shu jumladan fuqarolarni ishga olish, shartnomalar tuzish va uni bajarish jarayonida soha xodimlari harakatlarida noqonuniy moddiy yoki nomoddiy manfaatdorlikni koʻzlash holatlariga duch kelganingizda;

emoji togʻ-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalarining xodimlari tomonidan taʼmagirlik harakatlari sezilganda;

emoji togʻ-kon sanoati munosabatlarini boshqarish hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, kon munosabatlarini boshqarish sohasi xodimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqganligi maʼlum boʻlganda

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining

Ishonch telefon - 71-231-05-96;

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga 71-231-14-55;
@geoantikorbot telegram botiga yoki

anticor@mingeo.uz elektron manziliga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Shaxsingiz sir saqlinishi kafolatlanadi. Hurmatli fuqorolar! Korrupsiyaga qarshi kurashda Siz ham oʻz hissangizni qoʻshing va bizga xabar bering!

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Sayt | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | YouTube
13 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology

13.6K
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Открыть в Telegram