“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi haqida
2026-yil 20-aprel kuni CAEx Uzbekistan majmuasida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Yirik sanoat ko‘rgazmalaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan kelgan davlat idoralari vakillari, investorlar hamda ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada qatnashayotgan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari stendi tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi, ko‘rgazmaning birinchi kunida bir qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muloqotlar, muzokaralar olib borildi.
Xususan, soha stendida “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “O‘zTMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zmetkombinat” AJ kabi korxonalarning faoliyati, erishayotgan yutuqlari, mahsulotlarning sifati va boshqa ijobiy ko‘rsatkichlari namoyon etilgan.
Международная промышленная выставка «ИННОПРОМ. Центральная Азия»
20 апреля 2026 года в комплексе CAEx Uzbekistan начала свою работу международная промышленная выставка «ИННОПРОМ. Центральная Азия».
В мероприятии, признанном одной из крупнейших промышленных выставок, принимают участие представители государственных ведомств, инвесторы и производители из Узбекистана, России, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Беларуси, Турции, Китая и других стран.
Стенд Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, а также его подведомственных предприятий, произвел теплое впечатление на участников выставки. В первый же день были проведены встречи и переговоры с представителями ряда иностранных компаний.
В частности, на отраслевом стенде представлены деятельность, достижения, качество продукции и другие положительные показатели таких предприятий, как АО «НГМК», АО «АГМК», АО «УзТМК», ГП «Навоийуран» и АО «Узметкомбинат».
#kongeologiya #mingeo #INNOPROM_Markaziy_Osiyo #CaEX #korgazma #xalqaro_hamkorlik #NKMK #OKMK #Ozmetkombinat #OzTMK #Navoiyuran
Sayt | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | YouTube