avatar
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
@uzdavgeolcom
01.04.2026 10:42
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yildagi faoliyati sarhisob qilindi

2026-yil 31-mart kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Unda jamiyat faoliyatining asosiy natijalari, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Jumladan, hisobot davrida republika iste'molchilariga rejadagi ko'mir hajmlari to'liq yetkazib berilishi ta'minlangani, innovatsion rivojlanishga alohida e’tibor qaratilgani, yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yoqilg‘i va energiya resurslaridan tejamkor foydalanish hamda ecologiya va atrof muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga erishilgani, texnikalarga GPS tizimlarining joriy qilinishi orqali nazorat kuchaytirilgani, qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasi sarfi qisqartirilgani qayd etildi.

Shuningdek, 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ oldiga yanada keng qamrovli vazifalar qo‘yilib, joriy yilda 5,7 mln. tonna ko‘mir qazib olish hamda iste’molchilarga birinchi yarim yillikda 3,4 mln tonnadan ziyod ko‘mir yetkazib berilishi belgilab olingani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida “O‘zbekko‘mir” AJ rahbar va mas’ullari tomonidan jurnalistlar hamda OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



Подведены итоги деятельности АО «Узбекуголь» за 2025 год

31 марта 2026 года в Национальном пресс-центре Узбекистана состоялась пресс-конференция, посвященная итогам деятельности акционерного общества «Узбекуголь» за 2025 год и приоритетным задачам, намеченным на 2026 год.

В ходе мероприятия была представлена подробная информация об основных результатах деятельности общества, реализованных реформах и планах на перспективу.

В частности, было отмечено, что за отчетный период обеспечена полная поставка запланированных объемов угля потребителям республики. Особое внимание уделялось инновационному развитию: в течение года реализовано 8 инновационных проектов, что позволило повысить эффективность производства, обеспечить экономию топливно-энергетических ресурсов и снизить негативное воздействие на экологию и окружающую среду.

Также было подчеркнуто, что благодаря внедрению систем GPS на технике усилен контроль, а за счет использования возобновляемых источников энергии сокращено потребление электроэнергии.

Кроме того, в 2026 году перед АО «Узбекуголь» поставлены еще более масштабные задачи: определено добыть в текущем году 5,7 млн тонн угля и поставить потребителям более 3,4 млн тонн продукции в первом полугодии.

В завершение мероприятия руководители и ответственные лица АО «Узбекуголь» ответили на вопросы журналистов и представителей СМИ.

#kongeologiya #mingeo #matbuot_anjumani #sarhisob_2025 #vazifalar_2026 #jamoatchilik_muhokamasi #hisobot #Ozbekkomir

Sayt | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | YouTube
9 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology

13.6K
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Открыть в Telegram