Uzbekistan Airports “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi SOF Expo ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi yakunlariga ko‘ra, Uzbekistan Airports “Import o‘rnini bosish bo‘yicha eng yaxshi loyiha” bosh nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Kompaniya mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani hamda mamlakat aeroportlari faoliyatiga mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng joriy etayotgani uchun ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.
Ko‘rgazma doirasida Uzbekistan Airports O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va bugungi kunda respublika aeroportlarida muvaffaqiyatli foydalanilayotgan maxsus aerodrom texnikalarini namoyish etdi. Eksponatlar orasida havo kemalarini ichimlik suvi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan suv quyish mashinasi, vakuumli tozalash mashinasi, harakatlanishi cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ambulift, hamda mahalliy korxonalar tomonidan mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan boshqa maxsus texnika namunalari o‘rin oldi.
Bosh nominatsiyadagi ushbu g‘alaba Uzbekistan Airports’ning mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va import o‘rnini bosishga qaratilgan loyihalarni izchil amalga oshirish borasidagi tizimli faoliyatining e’tirofi bo‘ldi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram