avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
02.04.2026 16:59


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (Prezident Xalq qabulxonasi) tashkil etiladi

Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–51-son Farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tegishli Xalq qabulxonasiga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi hamda muntazam ravishda Xalq qabulxonasida fuqarolarni shaxsan qabul qiladi va muammolarini joyida hal qilish choralarini ko‘radi, murojaatlar tahlilini olib boradi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida qilinadigan taqdimotlarda aholi murojaatlaridagi tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan rejalari haqida alohida hisobot beriladi.

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy va sayyor qabullar tizimini to‘liq raqamlashtirish orqali qabullar jarayoni ustidan nazorat o‘rnatiladi.

Jamoaviy tusdagi murojaatlar aholi vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘rganilib, ular roziligi asosida nazoratdan olinadi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
35 7.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UzA | Tezkor xabarlar

26.5K
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

•facebook*.com/uzauz

•instagram*.com/uza.uz

•twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram