avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
13.04.2026 20:31


Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish hamda bu sohada sud nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2 1.8K
avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
13.04.2026 15:39


Qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektor qo‘lga olindi


Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy boylik orttirish maqsadida xizmat mavqeini suiiste’mol qilish – jamiyat va davlat boshqaruvi tizimi uchun jiddiy xavf hisoblanadi.

Bunday holatlar qonun ustuvorligiga putur yetkazib, adolat prinsipining buzilishi hamda davlat organlari faoliyatining shaffofligi va samaradorligi pasayishiga sabab bo‘ladi.

Jumladan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektori o‘z xizmat mavqeini suiste’mol qilgan holda, noqonuniy boylik orttirmoqchi bo‘ldi.

Xususan, u Toshkent shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroga tegishli 7 turdagi, jami 187 dona qadoqda bo‘lgan mineral o‘g‘it mahsulotlarini "Navoiy" chegara bojxona posti orqali o‘tkazib berganligi evaziga 20 mln so‘m talab qilgan.

Mazkur noqonuniy harakat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etildi.

Inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini poytaxtning Olmazor tumani hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
13 3.5K
avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
13.04.2026 11:24


Qo‘qon sari yo‘l olgan "xavfli yuk" o‘z vaqtida to‘xtatildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
3 4.1K
avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
13.04.2026 10:54
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

⚡O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi

��14-aprelda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

��Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

��O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

��15-17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
29 4.7K
avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
12.04.2026 00:05
Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekistonga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
1 5.1K
avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
11.04.2026 19:34
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizdagi yetakchi toʻqimachilik korxonalaridan birining faoliyati bilan tanishdilar.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2 4.7K
avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
11.04.2026 18:07
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy xakatonga tashrif buyurdilar.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
6 3.9K

UzA | Tezkor xabarlar

26.5K
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

•facebook*.com/uzauz

•instagram*.com/uza.uz

•twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram