avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
02.04.2026 16:34


Oʻzbekistonda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi va qatʼiy tizimi joriy etilmoqda


Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–51-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-mayidan boshlab aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan o‘zgaradi.

Endilikda Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning muddati o‘tib ketsa, tizim ularni avtomatik ravishda yuqori turuvchi organga o‘tkazadi. Murojaatlar "shoshilinch", "odatiy" va "maslahat talab qiluvchi" toifalariga ajratilib, nazoratga qaytarilgan masalalar 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, davlat organlari rahbarlari va hokimlarning murojaatlar bo‘ycha hisobotlari har chorakda Parlament va mahalliy kengashlarda eshitib boriladi. Murojaatlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi ijrosi holati hamda fuqarolarning e’tirozlari o‘rganilib, bu ko‘rsatkichlar tashkilotlar faoliyatining samaradorlik reytingida aks ettiriladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
36 6.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UzA | Tezkor xabarlar

26.5K
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

•facebook*.com/uzauz

•instagram*.com/uza.uz

•twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram