avatar
UzA | Tezkor xabarlar
@uzauz
01.04.2026 14:09


Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, tuman markazidagi avtoturargohda turgan, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2001 y.t. shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svarka apparati) ichiga xufiyona tarzda 1 kg 460 gr “geroin” va 27 gr “opiy” moddalari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlardan olgan ushbu ajal og‘usini Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi mijozlarga sotib, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda mazkur jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
7 5.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UzA | Tezkor xabarlar

26.5K
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

•facebook*.com/uzauz

•instagram*.com/uza.uz

•twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram