Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 1
08 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilinmoqda.
Bu yerdagi
“Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan
“in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda
Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.
Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julyet Biao,
xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda
barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda
Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi.
Bu bilan bir vaqtda
respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram