O‘tgan yilda
Xo‘jayli, Yangibozor, G‘ijduvon, Baliqchi va
Ohangaron tumanlarida yiliga
5,5 million tup manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish imkonini beradigan
zamonaviy ko‘chatxonalar ishga tushirildi.
Bundan tashqari, cho‘llanishni kamaytirish uchun Xitoy tajribasi asosida joriy yil ilk bor
Arnasoy, Qorako‘l, Muborak, Karmana va
Nukus tumanlarida
50 gektar maydonda suvsizlikka chidamli galofit bog‘lari yaratildi.
Bu yerda yetishtirilgan galofit urug‘lari kelgusida
minglab gektar yerlarda sho‘rlanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Umuman, o‘tgan qisqa davrda respublikada
yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga oshdi.
“Ushbu xayrli ishlarimizga ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimiz, shijoatli yoshlarimiz, tashabbuskor biznes vakillari, mehnat jamoalari, yuz minglab yurtdoshlarimiz munosib hissa qo‘shayotgani barchamizni quvontirad
i”,
– dedi Prezidentimiz.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram