avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 11:13
Qoraqalpog‘iston: agrar sohada yangi bosqichilmiy yondashuv, tajriba, qat’iy talablar

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi binosining majlislar zalida agrar sohada samaradorlikni oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig’ilishni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev ishtirok etdi.

Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi mas’ullari, Bosh prokuratura vakillari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi o‘rinbosarlari, soha mutasaddilari, “Agrobank”, ilmiy-tadqiqot institutlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida hududda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar, mavjud imkoniyatlar va dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Hudud iqlim sharoitiga mos ekinlarni joylashtirish, mahsulot yetishtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

��‍�� Tadbirda 430 nafar natijadorligi past bo‘lgan fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi. Ularga biriktirilgan 89 nafar ustoz-fermerlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va amaliy chora-tadbirlar ko‘lami belgilab berildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston sharoitida paxtachilikka ixtisoslashgan 2344 ta fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi. Ularning umumiy yer maydoni 69,1 ming gektarni tashkil etadi, shundan 12 ming gektar yer mazkur yig‘ilishda qatnashayotgan 430 nafar fermer ulushiga to‘g‘ri keladi.

Farxod Ermanov ta’kidlashicha, “Agrobank” tomonidan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilib, ular tizimli ravishda fermerlarga yetkazib berilsa, Qoraqalpog‘iston sharoitida ekin maydonlarida mahsulot yetishtirish jarayonida muammolar yuzaga kelmaydi.

Saidkarim Nishonboyev o‘z navbatida ichki ishlar organlari va huquq-tartibot tuzilmalari tomonidan zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda faoliyatni barqaror olib borish doimiy nazoratda ekanini qayd etdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor fermer xo‘jaliklari faolligini oshirish, ularning tashabbuskorligi va mas’uliyatini kuchaytirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish orqali hosildorlikni sezilarli darajada oshirishga qaratildi. Shu bilan birga, ilm-fan yutuqlari, innovatsion yondashuvlar hamda resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.

Shu nuqtai nazardan, Respublika Paxtachilik kengashi hamda mexanizatorlardan iborat yirik kuch Qoraqalpog‘istonga kelmoqda va bugundan boshlab “fermerga ko‘mak, fermerga yordam” tamoyili asosida faoliyat yuritadi. Bu esa fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qil
adi.

Shuningdek, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirish orqali raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Vazir o‘z nutqida agrar sohada yuqori samaradorlikka erishishda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, fermerlarga agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish, hosildorlikni oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

�� Har bir fermer o‘z faoliyatiga yangicha yondashishi, zamon bilan hamnafas bo‘lishi hamda ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishi zarurligi qat’iy ta’kidlandi. Belgilangan vazifalarni faqat so‘zda emas, amalda bajarish va aniq natijalar bilan isbotlash bugungi kunning asosiy talabi sifatida qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida soha vakillariga mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, intizom va mas’uliyatni kuchaytirish, shuningdek, har bir qarich yerning samaradorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
🕊 5
👍 1
🔥 1
🥰 1
💯 1
6 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram