avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 21:15
Vaqtida ekilgan urug’lik chigit – barakali hosilning demak

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif manzili To‘rtko‘l tumanidagi “Namunali Egamberdi ustoz” fermer xo‘jaligiga qarashli 6 gektarlik dala bo‘ldi.

Mazkur maydonda “Shinjon” usuli asosida yashil plyonka ostida chigit ekish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 4,5 gektar yerda paxta qator oralig‘iga zira ekish orqali ekinlar birga yetishtirilmoqda. Bu hududda zamonaviy agrotexnologiyalar samarali qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi.

�� Dalada olib borilgan o‘rganishlar davomida vazir tomonidan amaliy yondashuv ustuvor etib belgilandi. Har bir jarayon bevosita maydonning o‘zida tahlil qilinib, mexanizator va fermerlarga aniq tavsiyalar berildi.

Xususan, seyalkalarni to‘g‘ri sozlash, ekish jarayonida qo‘shqator oralig‘iga ortiqcha tuproq tashlamaslik kabi muhim agrotexnik jihatlar amaliy ko‘rsatmalar orqali tushuntirildi.

Shuningdek, vazir fermer bilan muloqotda chigit ekish jarayoni, seyalkalardan samarali foydalanish, qatorlar orasidagi masofa me’yorlari hamda barcha agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish zarurligini alohida ta’kidladi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 3
1
👌 1
8 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram