Agroportal va “Agrobank” ATB axborot tizimlari integratsiya qilindi
�� Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulayliklarni ta’minlash,
imtiyozli kredit va pul mablag‘lari aylanishi bo‘yicha ma’lumotlarni
onlayn taqdim etish topshirig‘i berilgan.
Topshiriq ijrosini ta’minlash, shuningdek ko‘plab
fermer xo‘jaliklarining takliflarini inobatga olib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va respublikada faoliyat yuritayotgan
tijorat banklari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirda
15 ta tijorat banklari, jumladan “Agrobank” ATB mijozlari hisoblangan fermer xo‘jaliklari,
paxta-to‘qimachilik klasterlari,
urug‘chilik korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari Agroportaldagi
shaxsiy kabinetlarida “Tadbirlar va to‘lovlar” bo‘limida Agroportal xizmatlariga kirishlari va yangi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
Xizmatni taqdim etayotgan banklar ro‘yxati:
— “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ
— “O‘zsanoatqurilishbank” ATB
— “Asakabank” AJ
— “Biznesni rivojlantirish banki” ATB
— “Mikrokreditbank” ATB
— “O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki” ATB
— “Turonbank” ATB
— “Aloqabank” ATB
— “Garant bank” ATB
— “Madad invest bank” ATB
— “Universal bank” XATB
— “Infinbank” ATB
— “Hamkorbank” ATB
— “Trastbank” XATB
— “Agrobank” ATB
Xizmatdan foydalanish bo‘yicha videqo‘llanma:
@uzagroministry46617
Foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash:
Telegram:
@agrogovuzchat
Call-markaz:
(71) 206-70-07
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram