avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 19:45
Ellikqal’a dalalarida agrotexnik amaliyotlar jadal kechmoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab ishchi tashrifini davom ettirar ekan, navbatdagi manzil Ellikqal’a tumanidagi “Xudoybergan Elnazarov” fermer xo‘jaligiga qarashli 46 gektarlik paxta maydoni bo‘ldi.

Mazkur hududda paxtaning serhosil navi 76x10 sxema asosida ochiq maydonga ekilgan bo‘lib, sug‘orish va oziqlantirish jarayonlari belgilangan agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda.

�� Shuningdek, vazir yondosh hududdagi “Guldursun parvozi” fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan ham yaqindan tanishdi. Ushbu xo‘jalikda ham g‘o‘za navlari xuddi shu sxema asosida ochiq maydonga joylashtirilgan.

Qayd etish lozim, paxta yetishtirishda qator oralari me’yoriga qat’iy rioya etish, sug‘orish va oziqlantirish jarayonlarini doimiy nazorat qilish, shuningdek, ekinlarni plyonka ostida parvarishlash yuqori hosildorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi.

Tashrif davomida vazir ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratib, nav sifatini yanada yaxshilash, dala maydonlarining ayrim qismlarida zamonaviy qoplamali plyonkalardan foydalanish hamda seyalkalarni qo‘llashda ilmiy yondashuvni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u sug‘orish amaliyotlarida suv sarfini kamaytirish, ekinlarni sog‘lom rivojlantirish uchun har tomonlama maqbul ko‘rilgan ozuqa moddalaridan belgilangan me’yorlar asosida foydalanish lozimligini alohida qayd etdi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 9
1
👌 1
20 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram