avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 19:05
Yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligi genetik darajada o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “O‘simliklar fiziologiyasi va boshlang‘ich materiallar laboratoriyasi” mudiri Dilmuhammad Xoliqulov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida muhim ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Ilmiy izlanishlar jahon amaliyotidagi eng ilg‘or usullardan biri — markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) texnologiyasi yordamida amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotning asosiy maqsadi — mintaqamiz iqlimi uchun dolzarb hisoblangan yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamlilik belgisini genetik jihatdan chuqur tahlil qilishdir.

Mazkur yondashuv orqali stress omillariga bardoshli yangi navlarni yaratish jarayoni tezlashadi. Bu esa mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 8
1
👌 1
3 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram