Seyalka sozligi va ilmiy yondashuv — yuqori hosil omili
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ishchi tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Beruniy tumanida joylashgan “N Otabek” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, dalaga
urug‘lik chigit ekish ishlari bilan tanishdi.
Jami 50 gektar yer maydoniga ega mazkur xo‘jalikda bu yil
15 gektar maydonga plyonka ostiga chigit ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ekish ishlari
jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
O‘rganishlar chog‘ida vazir tomonidan
amaliy yordam va tavsiyalarga alohida urg‘u berildi. Jumladan,
seyalkalarni to‘g‘ri sozlash, ekish jarayonida qo‘shqator orasiga ortiqcha tuproq tashlamaslik kabi muhim jihatlar amalda ko‘rsatib berildi.
Bundan tashqari, vazir fermerlarga chigit ekishda agregatlarni aniq va to‘g‘ri ishlatish, qatorlar orasidagi masofani me’yorda saqlash hamda har bir agrotexnik tadbirni ilmiy asosda tashkil etish muhimligini ta’kidladi. Bu tavsiyalar hosildorlikni oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi qayd et
ildi.
Bu kabi amaliy ko‘rsatmalar fermerlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, a
grotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Beruniy tumanida olib borilayotgan bu ishlar esa
zamonaviy paxtachilik madaniyati shakllanayotganidan dalolat beradi.
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram