avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 17:35
“Surxon-Agro”tadbirkorlar uchun eksklyuziv imkoniyat

�� Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 940 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy, energiya tejamkor va yuqori samaradorlikka ega issiqxona majmualarini barpo etish ishlari izchil davom etmoqda.

�� Mazkur loyiha mamlakatda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini barqaror oshirishga qaratilgan muhim strategik tashabbus hisoblanadi.

�� Hududda investorlar uchun qulay va uzoq muddatli biznes muhiti yaratilmoqda. Xususan, loyiha ishtirokchilariga soliq va bojxona yo‘nalishlarida imtiyozlar taqdim etilishi belgilangan.

�� Yer uchastkalari ochiq va shaffof “onlayn-auksion” tizimi orqali ajratiladi. Dastlabki besh yil davomida ijara to‘lovi nol stavkada, suv uchun to‘lovlar esa uch yil muddatga bekor qilinadi.

�� Shuningdek, hududda 20 gektar maydonda zamonaviy agrologistika markazini barpo etish rejalashtirilgan. Eksport jarayonlarini tezlashtirish va mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos holda tashqi bozorlarga yetkazib berish maqsadida “yashil yo‘lak” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi fitosanitariya markazi ham tashkil etiladi.

�� Loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan maxsus shtab tuzilgan bo‘lib, u issiqxona majmualarini tashkil etishda tashabbuskor tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatadi.

Mazkur erkin iqtisodiy zona tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Davlat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish istagida bo‘lganlar quyidagi aloqa raqami orqali murojaat qilishlar
i mumkin.

Aloqa uchun: (71) 206 71 71

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 2
1
👌 1
10 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram