avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 17:01
Rangli plyonka — yuqori samaradorlik kafolati: Beruniyda innovatsion paxtachilik namunasi

Xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Beruniy tumanidagi “Niyatilla Azizbek” fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur xo‘jalikda jami 65 gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, zamonaviy agrotexnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Xususan, 10 gektar yerga plyonka ostiga qo‘shqator usulida chigit ekilgan bo‘lsa, qolgan 30 gektar maydonda urug‘lik chigitlar ochiq usulda qo‘shqator qilib ekilgan.

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, xo‘jalik rahbari yangi agrotexnologiya – rangli plyonkalar ostiga chigit ekishga ham qat’iy bel bog‘lagan. Jumladan, 3 gektarga an’anaviy oq plyonka, 4 gektarga ko‘k rangli plyonka, 3 gektar maydonga esa qizil rangli plyonka ostiga chigit ekilmoqda.

Shu yerning o‘zida vazir tomonidan fermerlarga amaliy tavsiyalar ham berildi. Xususan, galdagi agrotexnik tadbirlar birma-bir sanab o‘tilib, ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri amalaga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu usullar nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki suv va resurslardan tejamkor foydalanish imkonini ham yaratadi. Beruniy dalalaridagi bu kabi tajribalar esa kelajak paxtachiligining yangi qiyofasini belgilab bermoqda.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 3
1
👌 1
8 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram