Qoraqalpog‘iston: samaradorlik va tezkorlik ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda
Qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov Xorazm viloyatidagi ishchi tashrifini yakunlab,
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi. Dastlabki manzil
Beruniy tumani “Shabboz” OFY hududida joylashgan
“Urazimbetov Nematjon” fermer xo‘jaligi bo‘ldi.
95 gektar maydonga ega xo‘jalikda hozirda
sho‘r yuvish ishlari jadal olib borilmoqda. Vazir joyida turib, fermerga
suv resurslaridan oqilona foydalanish va
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish orqali yuqori natijaga erishish mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, shimoliy hududlarda
sho‘r yuvishdan keyingi davr, yerning
tabiiy qurishi va bu jarayonning kamida
bir hafta davom etishi ekish muddatlariga ta’sir qilishi qayd etildi.
Shu bois yer maydonlarini
tezkor ekishga tayyorlash,
agrotexnik jarayonlarni optimallashtirish hamda mos navlarni
ko‘k plyonka ostida ekish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu esa
hosilning erta pishib yetilishiga xizmat qiladi.
Muloqot davomida ekish jarayonlaridagi
ortiqcha xarajatlar fermerlar uchun jiddiy yuk ekani ta’kidlandi.
Paxtachilik kengashi va mutasaddi tashkilotlarga har bir tumanda
ilmiy asoslangan yondashuvni keng joriy etish vazifasi yuklatildi. Ya’ni,
chigit ekishdan hosil yig‘imigacha bo‘lgan barcha bosqichlar ilmiy asosda tushuntirilishi zarurligi qayd etildi.
�� Tashrif davomida vazir
“Rahmatilla Chaman” fermer xo‘jaligida ham bo‘ldi.
22 gektar maydonga ega xo‘jalikning
7 gektarida
“Shinjon” agrotexnologiyasi asosida ochiq usulda chigit ekish ishlari olib borilmoqda.
Vazir bu yerda ham ishlarni jadallashtirish, imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tavsiyalar
berdi.
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram