avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 14:50
Urganch: gektaridan 100 tonnagacha hosil olayotgan fermer

Xorazm viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Urganch tumanidagi “Davlat Rahmatulla” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida bo‘ldi.

160 gektar maydonni egallagan xo‘jalikda 10 gektar maydonga 3 xil navdagi kartoshka, 9 gektar maydonga “Lenda” navli pomidor, 4 gektar maydonga qovun, shuningdek turli sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilmoqda.

�� Ekinlar plyonka ostiga ekilgan bo‘lib, qatlamli (yarusli) usulda yopilgan, bu esa hudud iqlim sharoitiga to‘liq moslashtirilgan zamonaviy agrotexnologiyalar asosida amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 100 tonnagacha hosil olishga erishilmoqda.

�� Qovunning “Dakara” navi asosan eksportga yo‘naltirilgan. Fermer xo‘jaligida har bir kontur bo‘yicha pomidor, qovun, kartoshka hamda boshqa sabzavot va poliz ekinlari ketma-ket joylashtirilgan.

Ahamiyatli jihatlardan yana biri shundaki, pomidor ekilgan maydonning o‘rta qatorlariga qizil lavlagi ekilib, qo‘shimcha daromad manbai shakllantirilgan. Bu orqali ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi qoplanib, pomidor yetishtirishdan olinadigan mahsulot sof foydaga yo‘naltirilmoqda.

4 gektarlik kartoshkadan bo‘shagan yerga ekilgan sabzi yetishtirilgan bo‘lib, hozirda 200 tonna sabzi muzlatgichlarda saqlanmoqda. U yaqin kunlarda bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda ushbu fermer xo‘jalikda 150 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Har bir gektar yerdan unumli foydalanyotgan fermer muzlatgichdan tashqari 120 ta qoramol boqishga mo‘ljallangan kompleks qurilishini ham amalga oshirmoqda.

Vazir dala maydonlarini ko‘zdan kechirar ekan, bunday ilg‘or tajribalarni respublika bo‘ylab ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, ushbu tajriba zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Zero, bu kabi innovatsion yondashuvlar qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 5
1
👌 1
6 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram