avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 14:10
Bir maydondan uch hosil: Xorazmda ekin yetishtirishning yangi usullari joriy etilmoqda

Xorazm viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yangibozor tumani “Hayvat” MFY hududidagi 10 gektarlik ekin maydonida olib borilayotgan agrotexnik ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

Mazkur hudud 40 nafar migratsiyadan qaytgan yoshlarga teng taqsimlangan bo‘lib, ular hozirda o‘zaro kooperatsiya asosida qovun yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Tizimli tashkil etilgan ishlar natijasida mavsum davomida o‘rtacha 175 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu maydondan olinadigan umumiy sof daromad 770 million so‘mni tashkil etadi. Bu esa har bir gektardan o‘rtacha 77 million so‘m daromad olish imkonini beradi.

�� Loyihada qovun yetishtirish bilan bir qatorda pomidor va sabzi ekinlarini ham parvarishlash ko‘zda tutilgan. Bu yondashuv yil davomida uch marotaba hosil olish imkonini yaratadi va yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Vazir agrotexnik jarayonlarni ko‘zdan kechirar ekan, ayniqsa sug‘orish va oziqlantirish tizimining innovatsion yechimlariga alohida e’tibor qaratdi. Ekinlar yer ostidan o‘tkazilgan maxsus quvurlar orqali sug‘orilayotgani suv tejamkorligini ta’minlash bilan birga, o‘simliklarning bir me’yorda oziqlanishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ushbu tajribani ijobiy baholab, qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni keng joriy etish zarurligini ta’kidlad
i.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 7
1
👌 1
13 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram