avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 13:34
Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar malakasini oshirish – ustuvor yo‘nalish

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida vazirlik tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Mazkur kurslarda vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda tuman bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy talablar asosida yangilash imkoniga ega bo‘lmoqda.

Bugun ham ushbu o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlariga start berildi. Dastur ochilishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Atakulov kirish so‘zi bilan ishtirok etib, o‘quv dasturining mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, kutilayotgan natijalar hamda sohada kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, institut direktori Rustam Nizamov tinglovchilarni amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ishlanmalar bilan tanishtirdi. U Respublika agroxizmatlari markazida yo‘lga qo‘yilgan AirFarm texnologiyasi orqali qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, Vengriya kartoshkachilik laboratoriyasi faoliyati, unda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda yuqori hosildor va kasalliklarga chidamli navlar bo‘yicha tajribalar taqdim etildi.

�� Mazkur o‘quv kurslari davomida tinglovchilar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali ham o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlab, ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini o‘z faoliyatiga tatbiq etish imkoniga ega bo‘ladi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 5
1
👌 1
4 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram