avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 12:51
Xorazmda innovatsion dehqonchilik: yangi yondashuvlar va xalqaro hamkorlik samarasi

Xabar berganimizdek, ayni paytda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida u “Xorazm faxri” fermer xo‘jaligining Yangibozor tumanidagi dala maydonida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni ko‘zdan kechirdi.

�� Xo‘jalikning 150 gektarlik dalasida g‘allaning “Ultra” navi parvarishlanmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ekinlar zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi asosida sug‘orilmoqda. Hozirgi kunda g‘alla boshoq chiqargan bo‘lib, u ertapisharligi bilan ajralib turadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, may oyining o‘rtalaridan hosilni yig‘ishtirish rejalashtirilgan.

�� Shuningdek, xo‘jalikning 20 gektarlik olma bog‘i mavjud bo‘lib, uning 5 gektarida qator oralig‘iga kartoshka ekish orqali samarali agrotexnika qo‘llanilmoqda. Uch xil navdagi kartoshka yetishtirilayotgani esa diversifikatsiya va yerdan unumli foydalanishning yorqin namunasidir.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ishchi guruh dala sharoitida turkiyalik investorlarning ham xo‘jalik rahbariyati bilan muloqot olib borayotganiga guvoh bo‘ldi. Suhbat jarayonida g‘alla yetishtirishda yangi texnologiyalarni joriy etish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir o'z navabtida Turkiya tajribasi biz uchun qanchalik muhim bo‘lsa, o‘z navbatida O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan ilg‘or agrotexnologiyalar ham xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu sababli, urug‘lik chigitlarni rangli plyonkalar ostiga ekish va g‘alla urug‘ini yarovizatsiyadan o‘tkazish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur innovatsion yondashuvlar turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirib, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 5
1
👌 1
26 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram