avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 11:15
“Shinjon” tajribasi: innovatsion yondashuv va aniq agrotexnika — yuqori hosil garovi

Ayni paytda, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrifning ilk manzili Yangibozor tumanidagi “Zamin oq oltin” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida olib borilayotgan ishlar, xususan, paxta yetishtirishdagi ilg‘or yondashuvlar vazir e’tibor markazida bo‘ldi.

�� Fermer xo‘jaligida joriy yil uchun 25 gektar maydonda “Shinjon” usulida paxta ekish ishlari tashkil etilgan. Maydon tajriba va amaliy samaradorlikni aniqlash maqsadida aniq reja asosida ikki teng qismga — 12,5 gektardan bo‘lingan.

Har bir qismda turli rangdagi plyonkalar qo‘llanilmoqda: birinchi maydonda 6 gektarga oq, qolganiga qizil plyonka, ikkinchi maydonda esa 6 gektarga oq, qolganiga yashil plyonka ostida ekish amalga oshirilgan. Bu usul plyonka rangining tuproq harorati, namlikni saqlash xususiyati hamda nihollar rivojiga ta’sirini solishtirish imkonini bermoqda.

E’tiborlisi, umumiy maydonning 16 gektarida qator oralig‘iga qo‘shimcha ekin sifatida zira ekilgan. Ushbu yondashuv yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish va qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Zira ekish jarayonida barcha agrotexnik talablar to‘liq bajarilgani alohida e’tirof etildi. Tanishuv davomida vazir tomonidan samaradorlikni oshirishga qaratilgan muhim agrotavsiyalar berildi hamda mutaxassislar tomonidan amaliy ko‘mak davom ettiri
lishi ta’kidlandi.

❗️ Tanishuv davomida, vazir agrotexnik tadbirlarning muhim jihatlariga alohida to‘xtaldi. Xususan, qo‘shqator ustiga tuproq tortish holatlari tanqid qilinib, bu noto‘g‘ri amaliyot ekani qayd etildi. Qatorlar ochiq qolishi zarurligi, aynan shunday sharoitda chigitlarning quyosh nuri ta’sirida tez va bir maromda unib chiqishi ta’minlanishi ta’kidlandi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 5
1
👌 1
12 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram