avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
14.04.2026 10:37
Global paxta bozori: 2026/27-yil mavsumi uchun dastlabki prognozlar

2026-yil aprel oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2026/27-yilgi mavsumda jahon paxta tolasi ishlab chiqarish 4 foizga kamayib, 24,9 million tonnani tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, dunyo bo‘yicha paxta iste’moli deyarli o‘zgarmay, 25 million tonna atrofida qoladi.

Prognozlarga ko‘ra, paxta ishlab chiqarishda Xitoy yetakchilikni saqlab qoladi. Undan keyingi o‘rinlarda Hindiston, Braziliya va AQSh qayd etiladi.

Mutaxassislar fikricha, global paxta savdosi ham 2,5 foizga qisqarib, 9,6 million tonnani tashkil etadi. Bu ishlab chiqarish hajmining kamayishi va talabdagi o‘zgarishlar bilan izohlanmoqda.

Shuningdek, savdo oqimlari tariflar, savdo kelishuvlari va geosiyosiy vaziyatga bog‘liq holda shakllanishda davom etadi. Global yuk tashish yo‘nalishlaridagi uzilishlar ham bozordagi holatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Import bozorida Bangladesh 1,8 million tonna bilan eng yirik xaridor bo‘lib qoladi. Vetnam, Xitoy, Pokiston, Turkiya va Hindiston esa asosiy importyorlar qatoridan joy oladi. Bu davlatlar jami global importning qariyb 80 foizini tashkil
etadi.

Manba: https://www.linkedin.com/posts/cottonthismonth-74459

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 2
🙏 2
👌 1
5 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram