Simpozium doirasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi
Toshkentda o‘tkazilayotgan
O‘zbekiston–Niderlandiya qishloq xo‘jaligi hamkorligiga bag‘ishlangan simpozium doirasida qator
B2B uchrashuvlari tashkil etildi.
Unda
Niderlandiyadan tashrif buyurgan 20 dan ortiq yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etib,
mahalliy biznes subyektlari hamda
ilmiy-tadqiqot institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlarda
issiqxonachilik va
urug‘chilik yo‘nalishlari asosiy mavzu bo‘ldi. Tomonlar
energiya tejamkor issiqxonalar,
sifatli urug‘lik materiallari,
seleksiya hamda
sertifikatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirdi.
Shuningdek,
mahsulotni yetishtirish,
qayta ishlash va
eksportga chiqarish zanjirini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlar davomida
tajriba almashish,
innovatsion yechimlar,
qo‘shma loyihalar hamda
investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mutaxassislar
ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi,
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
hosildorlik va samaradorlikni oshirish muhimligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha,
B2B uchrashuvlari mahalliy tadbirkorlar uchun
xalqaro hamkorlar bilan bevosita aloqalar,
yangi bozorlar va
innovatsiyalar bilan tanishish imkonini yaratdi.
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram