O‘zbekiston–FAO: Sog‘lom va barqaror ovqatlanish sari muhim qadam
Bugungi kunda mamlakatimizda
oziq-ovqat tizimlari,
sog‘lom ovqatlanish va
barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy
tavsiyalarni ishlab chiqish jarayoni jadallashmoqda.
Shu munosabat bilan poytaxtimizda
“oziq-ovqat tizimlariga asoslangan sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishni jadallashtirish” mavzusida
texnik seminar o‘tkazildi. Unda
davlat idoralari,
ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda
xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida tashkil etildi.
Yangi yondashuv
ovqatlanish,
sog‘liqni saqlash va
atrof-muhit barqarorligini yagona tizim sifatida ko‘rib chiqadi. U
oziq-ovqat zanjiri,
siyosatlarni muvofiqlashtirish hamda uzoq muddatda
oziq-ovqat xavfsizligi va
aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
⚖️ Seminar davomida sog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq dolzarb muammolar muhokama qilindi. Xususan,
mikroelementlar yetishmovchiligi,
ortiqcha vazn,
semirish,
yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda
oziq-ovqat xavfsizligi asosiy masalalar sifatida qayd etildi.
Shuningdek,
ekologik,
ijtimoiy va
iqtisodiy omillar ham e’tibordan chetda qolmadi. Jumladan,
yer degradatsiyasi,
suv resurslaridan samarali foydalanish,
oziq-ovqat chiqindilari,
issiqxona gazlari chiqindilari hamda
sog‘lom ovqatlanishning iqtisodiy imkoniyati muhokama markazida bo‘ldi.
Bundan tashqari, aholi
ovqatlanish odatlari, ayniqsa
zaif qatlamlar kesimida, ma’lumotlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu esa ishlab chiqilayotgan
tavsiyalarning amaliyligi,
ishonchliligi va
milliy sharoitlarga mosligini ta’minlaydi.
�� Seminar yakunida FAO vakillari O‘zbekiston va mintaqa davlatlari bilan hamkorlikda
sog‘lom ovqatlanishni rag‘batlantirish hamda
oziq-ovqat tizimlarining barqarorligini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirishini ma’lum qildi.
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram