Tomorqadan yuqori daromad: 3 million so‘m xarajat, 30 million so‘mlik foyda
Buxoro viloyati Shofirkon tumani
“Kalon”MFYda yashovchi
Furqat Obloqulov tomorqachilikni rivojlantirish orqali nafaqat oilaviy daromadni oshirmoqda, balki boshqalarga ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xonadonga qarashli
20 sotix yer maydonining 7 sotixi issiqxona sifatida tashkil etilgan bo‘lib, bu yil davomida
barqaror daromad manbai vazifasini bajarmoqda. Ushbu issiqxonada yilning
to‘rt faslida sabzavot va ko‘katlar yetishtiriladi.
Yil boshida
kartoshka, keyinchalik esa pomidor, bodring, sarimsoq piyoz, bulg‘or qalampiri, baqlajon, sabzi va sholg‘om kabi mahsulotlar yetishtirilgan.
��
6 sotix maydonga ekilgan sabzi uchun
3 million so‘m xarajat qilingan bo‘lib, undan
qariyb 3 tonna hosil olish rejalashtirilgan. Ushbu mahsulot realizatsiyasidan
30 million so‘mdan ortiq daromad olish kutilmoqda.
Shuningdek,
sarimsoq piyoz yetishtirish uchun urug‘lik va mineral o‘g‘itlarga 1,5 million so‘m sarflangan bo‘lib, hosil pishib yetilgach, undan taxminan
20 million so‘m daromad olish mo‘ljallanmoqda.
Yoz mavsumi yakuniga yetgach, tomorqada takroriy ekin ekish ham puxta rejalashtirilgan. Xususan,
bulg‘or qalampiri yetishtirish hisobiga yil davomida birinchi va ikkinchi hosil evaziga jami 90 million so‘m atrofida sof foyda olish ko‘zda tutilmoqda.
Oilaning
4 nafar a’zosi turli kasb egalari bo‘lishiga qaramay,
tomorqa ishlarida faol ishtirok etib, yoshligidan mehnat ko‘nikmasini shakllantirgan. Bu esa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va daromadni oshirishga
xizmat qilmoqda.
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram